Toshkent shahar Sergeli tumani IIBga shu tumanda yashovchi xususiy tadbirkor murojaat qilib, noma’lum shaxslar uning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli avtomashinasi ichidan umumiy qiymati besh million olti yuz ming so‘mlik kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyini ko‘zdan kechirgan ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘g‘rilar avtomashinaning eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochganligini aniqlandi.
Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ular Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro ekanligi ma’lum bo’ldi. Ushbu o‘g‘rilik holati bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)