Ukrainaning “Pojspesmash” kompaniyasi mamlakatdagi eng yirik kompaniyalardan biri bilan yettita maxsus mashina yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda “Finance.uz”.
Ulardan beshtasi MAN shassisida, qolgan ikkitasi “MAZ” va “Gazel” shassisi bazasida yig‘ilgan. Ukraina kompaniyasining tijorat direktori Igor Nejivenko so‘zlariga ko‘ra, sisternalar, havo-ko‘pik va kukun yong‘in mashinalari O‘zbekistonga 3—4 oy ichida kelib tushadi.
Ayni paytda “Pojspesmash” Samarqandning MAN zavodi bilan yong‘inga qarshi texnikani ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha faol ravishda muzokaralar olib bormoqda. “Pojspesmash” barcha maxsus jihozlarni yetkazib berishi, MAN esa o‘z shassisi bazasida tayyor texnikani yig‘ishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)