Kiyevning Pechersk tuman sudi Ukraina Bosh prokuraturasi so‘rovi bilan Qrim Davlat kengashi raisi Vladimir Konstantinov, yarim orol hukumati rahbari Sergey Aksenov, shuningdek Qrim parlamenti deputatlarining mol-mulkini xatladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Ukraina Bosh prokuraturasi Qrim rahbarlari va mahalliy parlament deputatlariga nisbatan konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga aralashganlik, davlatga xiyonat qilganlik, shuningdek jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarda qatnashganligi uchun jinoiy ishlar qo‘zg‘adi.
Izoh (0)