Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Yevgeniy Perebiynis Kiyev Donbassga tinchlikparvar kuchlar kiritilishini so‘rab, BMTga rasmiy murojaat yo‘llaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlar qanday shaklda va qancha miqdorda kiritilishi muhokamadan keyin aniqlanadi. Dastlabki so‘rov BMT bosh kotibi Pan Gi Mun nomiga yuborilgan.
Tegishli hujjat Oliy Rada tomonidan qabul qilingach, Ukraina BMTga yana bitta so‘rov jo‘natadi. Tinchlikparvar kuchlar kiritilishi uchun BMT Xavfsizlik kengashining beshta doimiy a’zosi, jumladan Rossiya ham rozilik berishi lozim.
Izoh (0)