2015-yilning 10−13-mart kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvlar davomida tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda Davlat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlarning boshqa vazirliklararo majlislariga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Izoh (0)