2015-yil yozigacha zilzila hamda AESdagi avariya natijasida jabr ko‘rgan Fukusima prefekturasini qayta tiklash bo‘yicha yangi besh yillik reja tayyor bo‘lishi kerak, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta” Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bayonotiga tayanib.
Xususan, u yerda robotexnika va yangilanadigan energiya tadqiqotlar markazini qurish rejalashtirilmoqda. Bosh vazir yaxshi tomonga o‘zgarishlar 2016-yil — Yaponiya G7 sammiti bo‘lib o‘tadigan vaqtdayoq ko‘zga tashlanishi kerakligi, ayniqsa regbi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan 2019-yilgacha sezilarli bo‘lishi kerakligini nazarda tutmoqda. Rekonstruksiyani batamom 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarigacha yakunlashmoqchi.
Izoh (0)