Rossiya Davlat dumasida Qozog‘istondagi prezidentlik saylovlarida Nursulton Nazarboyev nomzodining ilgari surilishini ma’qullashmoqda, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” MDH, Yevrosiyo integratsiyasi va hamyurtlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Leonid Slutskiyga tayanib.
Nazarboyev o‘zi yetakchilik qiladigan “Nur Otan” partiyasining 16-syezdida prezidentlikka nomzod etib surilgan edi.
“Nursulton Nazarboyev atoqli siyosatchidir, uni Rossiyada tanishadi va hurmat qilishadi”, — dedi deputat.
U, shuningdek, Davlat dumasi deputatlari 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston prezidentligiga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif qilinishini kutayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)