Vashington Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” AQSh moliya vazirligi rasmiy saytiga tayanib. U yerda kengaytirilgan sanksiya ro‘yxati keltirilgan.
Ro‘yxatga “RNKB” banki, Yevrosiyo yoshlar ittifoqi kabi tashkilotlar, shuningdek siyosiy arboblar: Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov, Qrim IIV rahbari Sergey Abisov, DXR xavfsizlik kengashi kotibi Aleksandr Xodakovskiy, Ukraina sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Raisa Bogatirova, Yevrosiyo yoshlar ittifoqi yetakchilari Pavel Kanishchev va Andrey Kovalenko hamda boshqalar kiritildi.
Ro‘yxatdan jami 14 nafar jismoniy shaxs va ikkita tashkilot o‘rin oldi.
Izoh (0)