O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlarni yo‘q qilish kerakligini aytdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
“Tan olishimiz kerak, kelishilgan o‘yinlar Oliy ligada ham, Birinchi ligada ham ro‘y berib turibdi! – dedi Mirabror Usmonov. – Buni tegishli joylardan kuzatib turishibdi! Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik futbolchilarning ro‘yxati bor! Bu ro‘yxatda klub rahbarlari va murabbiylari ham bor! Ular ham ro‘yxatda bor. Shuni inobatga olib qo‘ying, nasib qilsa, men bu yil 2-3 klub murabbiylari va klub prezidentlarini butun umr futboldan chetlataman!
Hozircha ro‘yxatni e’lon qilmayman. Lekin biz kerakli mutaxassislar va yuristlar bilan ish olib boryapmiz. Kerakli choralarni albatta ko‘raman! Bunday ishga yo‘l qo‘ygan hakamlar ham futboldan chetlatiladi”.
Izoh (0)