Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona Venesuelaning Telesur telekanalidagi ko‘rsatuvlardan biri efirida qulog‘ida zirak va labida lab bo‘yog‘i bilan paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
OAVlar bu mavzuda hazil qilib, 54 yoshli argentinalikni “Mamadona” deb atadi.
Nashrning eslatishicha, 2015-yil fevralida Maradona yuzini yoshartirish uchun plastik operatsiya qildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq uning o‘zi bu ma’lumotni tasdiqlagani yo‘q.
Izoh (0)