1—3-mart kunlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning ikkinchi majlisida qatnashish uchun Abu-Dabiga tashrif buyurdi, deb yozadi UzDaily.
Majlisda o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, jumladan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, O‘zbekistonda yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratish bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish, transport va turizm sohasida hamjihatlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
BAAning yetakchi kompaniyalari bilan jami qiymati 119,5 million dollarga teng investitsiyaviy hamkorlik dasturlari, moliyaviy va texnik hamkorlik loyihalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Izoh (0)