Saudiya Arabistonida bir guruh shifokorlar operatsiya o‘tkazib, yamanlik Siam egizaklarini ajratdi, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
Abdulla va Abdurahmon ismli ushbu egizaklarning tos suyaklari, ichaklari va siydik ajratish tizimi umumiy bo‘lgan. Ularni ajratish uchun jarrohlarga qariyb to‘qqiz soat talab etilgan.
Operatsiya mamlakat poytaxti Ar-Riyoddagi qirol Abdul Aziz tabbiyot markazida o‘tkazilgan. Operatsiyaga mamlakatning sobiq sog‘liqni saqlash vaziri rahbarlik qilgan.
Ayni paytda bolalar intensiv terapiyaning pediatriya bo‘limida yotibdi.
Izoh (0)