Avstraliya hukumati Keyp Outey tumanida 700 ga yaqin koalani o‘ldirdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta” Viktoriya shtati atrof-muhit vaziri bayonotiga tayanib.
Bunday shafqatsiz qaror qabul qilinishiga koalalar sonining keragidan ortib ketgani sabab qilib keltirildi, bu jonivorlarning ochdan o‘lishiga olib kelishi mumkin edi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, koalalar maxsus preparat yordamida zaharlab o‘ldirilgan. Ushbu jonivorlarning soni bu tumanda so‘nggi vaqtlarda ancha ko‘payib ketgan. O‘rmonning har bir gektar maydonida 20 tagacha koala yashagan.
Izoh (0)