Namangan viloyati Norin tumanidagi Haqqulobod shahrida joylashgan velosiped ishlab chiqaruvchi Norin mechanical plant MChJ yangi modeldagi tog‘ velosipedini chiqara boshladi, deb yozadi “12news.uz”. U ekologik toza transport bo‘lib, elektr kuchi bilan tortiladi.
Ayni paytda korxonada turli maqsadlarga mo‘ljallangan sakkiz xil modeldagi velosipedlar ishlab chiqariladi. Tez orada norinliklar xorijiy bozorlarga ham chiqish niyatida.
Ikki yilga yaqin muddat ichida korxona 10 ming donadan ortiq velosiped chiqarishga ulgurdi.
Izoh (0)