Xorazm viloyatidagi “Opel trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2014-yil dekabr oyida 10 dona Isuzu NP 37 avtobusini xarid qilish uchun bankdan 3 yil muddatga kredit olgan edi, deb xabar beradi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmati.
Har bir avtobus uchun 79 million 110 ming so‘mdan mablag‘ o‘tkazildi. Hozirgacha korxona Samarqand avtomobil zavodidan 4 ta avtobusni qabul qilib olgan, qolgan 6 ta Isuzu ikki oy davomida yetkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, “Opel trans” MChJ Urganch shahrida 2006-yil ta’sis etilgan bo‘lib, bugungi kunda korxona tasarrufida 29 ta avtobus mavjud.
Izoh (0)