Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati Turkiston shahridagi “Quvonish” markaziy bozori deyarli butunlay yonib ketdi, tadbirkorlardan biri jarohatlandi, deya xabar bermoqda “Newskaz.ru” viloyat Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib.
Yong‘in 2-mart, dushanba kuni taxminan tonggi 4 da boshlangan. Yong‘in maydoni 600 kvadrat metrni tashkil etdi. Savdo rastalari va do‘konlar deyarli butunlay yonib bitgan. Bozorda savdo qilish bilan shug‘ullangan tadbirkorlardan biri kuyish jarohati olib, tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
200 nafar politsiyachilar savdogarlarning do‘konlariga kirishiga, shuningdek talovchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun bozor hududini o‘rab oldi.