MWC 2015 ko‘rgazmasi doirasida Xitoyning ZTE kompaniyasi Grand S3 smartfonini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. U foydalanuvchining ko‘z to‘r pardasini skanerlash moslamasiga ega dunyodagi birinchi smartfon bo‘ldi.
Yangi qurilmaning dizayni so‘nggi modeldagi ZTE smartfonlari liniyasiga xosdir. ZTE Grand S3 5,5 dyuymli Full HD-displey, 4 yadroli Snapdragon 801 protsessori, 3 Gb tezkor, 16 Gb ichki xotira, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, shuningdek 3100 mA/s sig‘imili akkumulyatorga ega.
Flagman Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi. Gadjetning o‘ziga xos jihati — Eyeprint ID nomli ko‘z to‘r pardasi skaneriga ega ekanligi. Ushbu tizim qanday ishlashi hozircha noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Grand S3’ning narxi taxminan 430 yevroni tashkil etadi, hozircha uni faqat Xitoyda sotib olish mumkin.