Sony kompaniyasi Mobile World Congress 2015 ko‘rgazmasi doirasida bir qancha yangi qurilmalarni, jumladan suvga chidamli Xperia M4 Aqua smartfonini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Gadjetga 5 dyuymli va 1280×720 pikselli displey, 64 bitli sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+microSD), 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera o‘rnatilgan.
Smartfonning akkumulyatori sig‘imi ikki kun avtonom ishlash uchun yetarlidir. Xperia M4 Aqua’ning o‘lchamlari 145,5×72,6×7,3 mm, og‘irligi 140 grammga teng.
Devaysda namlikdan himoya mavjud bo‘lib, u 1,5 metr chuqurlikdagi suv tubida 30 daqiqagacha qolishi mumkin, shunda ham unga hech qanday ziyon yetmaydi.
Izoh (0)