UZSUNGWOO MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan o‘tgan yili mahsulotlar eksportini bosqichma-bosqich ko‘paytirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilgan edi, deb yozadi “12news.uz”. Chunonchi, 2014-yil dekabrida ushbu korxonada ishlab chiqarilgan avtomobil tarkibiy qismlari Braziliyaning General Motors do Brasilia LTDA kompaniyasiga yetkazildi.
Hamkorlik to‘g‘risidagi muzokaralar doirasida xorijiy sherikka dastlab sinov uchun namunalar yuborilgan.
General Motors do Brasilia LTDA’dan ijobiy javob olingach, tomonlar 2014-yil avgustda mahsulotlarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Mahsulot yetkazib berish boshlanishi munosabati bilan korxonaga mamlakat eksport salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi va qo‘yilgan vazifani sifatli bajargani uchun “O‘zavtosanoat” AK tomonidan faxriy yorliq topshirildi.
Izoh (0)