O‘zbek xalqining eng sevimli ichimliklaridan bo‘lmish choy jahonning boshqa ko‘plab mamlakatlarida ham alohida o‘ringa ega. Jumladan, choyni qay usulda tayyorlashga va qanday idishda ichishga ham turli xalqlar o‘ziga xos tarzda yondashishadi. E’tiboringizga turli mamlakatlarda qanday choy ichilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni havola etamiz.
Yaponiya
Yaponlar matcha (ko‘k choy kukuni) choyini an’anaviy choy marosimlarida ichishadi.
Hindiston
O‘zining alohida choy tarixiga ega bo‘lgan Hindistonda an’anaviy masala choyi keng tarqalgan.
Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyda choyni sut va shakar bilan birga kuniga bir necha marotaba ichish odati bor.
Turkiya
Turk qahvasi butun dunyoga mashhur bo‘lsa ham, Turkiyaning o‘zida choy ommaboproq hisoblanadi. Choy turklarning deyarli barcha ishlar va ovqatlanishdagi hamrohidir. Qora choy Turkiyada sut qo‘shmasdan, biroq ta’bga ko‘ra shakar bilan ichiladi.
Tibet
Tibetning an’anaviy yog‘li choyi (mo cha) tuz va yog‘ bilan ichiladi. Choy achchiqroq bo‘lishi uchun damlangach bir necha soat olib qo‘yiladi.
Marokash
Yangi uzilgan rayhon bargalari solingan choy Marokashda va Afrika shimolida ancha ommabop hisoblanadi.
Gonkong
Gonkongda mashhur choy turi kuchli sovutilgan qora choy, sut va muz yordamida tayyorlanadi.
Tayvan
Sut qo‘shilgan “pufakli” choy butun dunyoga mashhur bo‘lsa ham, uning vatani aynan Tayvan hisoblanadi.
AQSh
AQSh janubida shakar, limon, ichimlik sodasi qo‘shib tayyorlanadigan muzli choy ichishadi.
Rossiya
Rossiyada samovarda tayyorlanadigan an’anaviy ichimlikda choyning bir necha navlari qo‘shiladi.
Pokiston
Masala choyi nafaqat Hindistonda, balki Pokistonda ham ommabop bo‘lib, tushlikdan keyingi choyxo‘rlikda aynan masala ichishadi.
Tailand
An’anaviy tailandcha choy sovutilgan sut va muz bilan tortiladi.
Xitoy
Xitoyda choyning juda ko‘plab navlari va uni tayyorlash turlari mavjud. Turli navdagi choylar tayyorlash uchun alohida yondashuvni talab qiladi. Qoidalarga qat’iy rioya qilibgina ajoyib ifor va ta’mga erishish mumkin.
Misr
Misr yirik choy importyori hisoblanadi, mamlakat aholisi kun davomida achchiq qora choy ichishga o‘rgangan. Xitoy atirgulidan tayyorlangan choy esa to‘ylarda tortiladi.
Mo‘g‘uliston
Mo‘g‘ul choyi sut va tuz bilan ichiladi.
Keniya
Keniya qora choyni eksport qilish bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi, shuningdek ushbu mamlakat aholisi ham choyni sevib iste’mol qiladi.
Argentina
Mate − Janubiy Amerika, Portugaliya, Livan va Suriyada ommabop bo‘lgan ko‘k choy. O‘ziga xos iforga ega choy qaynoq holda ham, sovuq holda ham tortilishi mumkin.
Janubiy Afrika
Roybush nomli qizil choy navi faqatgina JAR hududida o‘sadi. Ajoyib mayin ta’mga ega choy odatda sut va shakar qo‘shmasdan ichiladi.
Qatar
Qatarda sutli o‘tkir choy − karakni sevib iste’mol qilishadi. Qora choy barglari suvda qaynatiladi, keyin sut va shakar qo‘shib, yana qaynatiladi.
Mavritaniya
Shimoliy Afrikada ommabop bo‘lgan rayhonli choyni Mavritaniyada o‘ziga xos udum bilan ichishadi. Choy uch bosqichda ichiladi, har bir bosqichdagi ichimlik o‘zidan oldingisidan shirinroq bo‘ladi. Achchiq choy ichishni boshlasangiz, shirin choy ichib tugatasiz.
Malayziya
Malayziyaliklar qora choyni hali qaynatilgan suvga qo‘shilguncha sut va shakar bilan aralashtirib, yakunda ajoyib ichimlik hosil qilishadi.
Quvayt
Quvaytda tushlikdan keyin ichiladigan an’anaviy ichimlik qora choy barglari, kardanom va za’faron qo‘shib tayyorlanadi.
O‘zbekiston
O‘zbekistonda shunday odat bor: mehmonga choy uzatishdan avval mezbon piyolaga choy quyib, choynakka qaytarib soladi, bu uch marta takrorlanadi. Gap shundaki, shu tariqa choy tezroq dam yeydi, piyolalarga solingan choy ham bir xil tusda bo‘ladi.
Izoh (0)