10-fevral, seshanba kuni AQSh Kongressi “Ukraina uchun halokatli mudofaa quroli” haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Unga muvofiq, AQSh Ukrainaga uning suveren hududini xorijiy tajovuzkordan himoya qilish uchun kiyim-bosh, asbob-uskuna, qurol-yarog‘ ko‘rinishida harbiy yordam berishi kerak.
Shuningdek AQSh 2017-yil 30-sentabrgacha bo‘lgan muddatda Ukraina harbiylarini mashq qildirish majburiyatini ham oladi, bu unga 1 milliard dollarga tushadi.
Izoh (0)