2015-yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Vikram Kumar Doraisvami bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi O‘zbekiston — Hindiston aloqalarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)