Toshkentda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi binosi qarshisidagi chorrahada Matiz va Spark rusumli avtomobillar to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari.
Ilova qilingan suratlarda Spark’ning old qismi, Matiz’ning esa yonbosh qismi qattiq shikastlanganini ko‘rish mumkin.
Postga bildirilgan izohlarda ushbu chorrahadagi svetofor bir necha kundan beri ishlamayotgani qayd etilgan. Ko‘pchilik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishida ishlamayotgan svetoforni aybdor qilib ko‘rsatgan. Ba’zilar esa svetofor ishlamayotgan vaqtda yo‘l belgilariga rioya qilish zarurligini, bu vaziyatda haydovchilarning ham aybi borligini ta’kidlagan.
Voqea guvohlaridan biri yozishicha, ushbu YTHdan keyin darhol svetofor ishlab ketgan.
Izoh (0)