O‘zbekiston hukumati 29-yanvardagi qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatidagi eksternat tartibida ta’lim olish mumkin bo‘lmagan 165 ta yo‘nalishdan iborat ro‘yxatni tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Hujjat, shuningdek davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturaning barcha mutaxassisliklari bo‘yicha eksternat tartibida o‘qishni taqiqlaydi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida oilada yoki o‘z-o‘zini o‘qitish orqali ta’lim olgan fuqarolar uchun eksternat tartibidagi attestatsiya huquqi ta’lim to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan.
Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatidagi eksternat tartibida ta’lim olish mumkin bo‘lmagan yo‘nalishlar to‘liq ro‘yxati qarorda keltirilgan.