O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari”ga muvofiq maishiy iste’molchilar to‘lov bo‘yicha qarzdor bo‘lganda, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar. Bu haqda “O‘zbekenergo” DAK ma’lum qildi.
Elektr energiyasi uchun haq to‘lash maishiy iste’molchi tomonidan hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshirilishi shart.
Qonunchilik talablariga muvofiq 2015-yil yanvar oyidan boshlab, muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun to‘lanmagan jami qarzdorlik summasiga penya hisoblanadi.
Еlektr energiyasi uchun hisob-kitoblar holati to‘g‘risidagi ma’lumotni olish yuzasidan hududiy elektr ta’minoti korxonasiga murojaat etish lozim.
Izoh (0)