Pokiston janubidagi Sind provinsiyasida uyushtirilgan terrorchilik harakati natijasida halok bo‘lganlar soni 49 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”. Yana 55 kishi jarohat oldi.
30-yanvar kuni juma namozidan so‘ng masjidda portlash sodir bo‘lgan va binoning bir qismi qulagan. Bu vaqtda masjidda 400 ga yaqin kishi bo‘lgan. Terakt uchun javobgarlikni “Jundulloh” ekstremistik tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.
Izoh (0)