Qirg‘iziston BMTga a’zolik badallarini to‘liq to‘lagan, deya xabar bermoqda “24.kg” mamlakat moliya vazirligiga tayanib.
Idora bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2013—2014-yillarda BMT byudjetiga a’zolik badallari to‘liq kiritilgan. Tashqi ishlar vazirligi so‘roviga binoan 2013-yilda 40 ming dollar, 2014-yilda 63,5 ming dollar to‘langan. 2015-yil 1-yanvar holatiga Qirg‘izistonning BMTdan qarzi bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va yana oltita davlat butunjahon tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish uchun badal to‘lamagani sababli BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish huquqidan vaqtincha mahrum etilgan edi.
Izoh (0)