Tailand politsiyasining ikki nafar generali olti yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Markaziy tergov byurosi sobiq rahbari Tailand politsiyasi general-leytenanti Pxongpxat Chayapxan va uning sobiq o‘rinbosari general-mayor Kovit Vongrungrotga nisbatan uchta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 30-yanvar kuni ularning birinchisiga hukm chiqarildi. Shuningdek, yuqori lavozimdagi politsiyachilar qo‘li ostida ishlaydigan to‘rt kishi sudlandi.
Generallar va ularning qo‘li ostidagilar yashirin kazino ochib, u yerda soqchilik vazifasini bajarganlikda ayblandi. Bundan tashqari, ular kazinoda bo‘lgan vaqtida qirollik oilasi a’zolaridan birining venzeli (ism va familiya bosh harflarini bir-biriga chirmashtirib tuzilgan bezak)ni va Tailand merosxo‘r shahzodasining go‘dak yoshidagi o‘g‘li portretidan iborat belgini taqib yurgan. Shu tariqa, tergovchilar fikricha, ular go‘yoki kazino va qirollik saroyi o‘rtasida aloqa borligini ko‘rsatgan.
Natijada politsiyachilar “oliy janoblarini haqorat qilish” va “yashirin kazino tashkil etish” moddalari bo‘yicha sudlandi.
Izoh (0)