Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Munisa Rizayevaning cholg‘uchilar bilan jonli ijroda qo‘shiq kuylayotgani tasvirlangan lavhaga uning o‘zi izoh berib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Yana jonli ijroning payiga tushganman, — deya gap boshladi Munisa. — To‘g‘risini aytsam, endi nafaqat konsertlarda, balki to‘ylarda ham yuz foiz jonli ijroda kuylamoqchiman”.
Shuningdek, xonanda bu yil bo‘ladigan konsert dasturiga ham tayyorgarlikni boshlab yuborganini qayd etdi: “O‘tgan yilgi konsertimdan o‘zim unchalik qoniqmadim. Ma’murimning ketib qolishi, konsert oldidan meni chuv tushirishgani sabab ancha qiynaldim”.
Izoh (0)