Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Munisa Rizayevaning oppoq kelinlik libosida tushgan fotosuratlarini ko‘rganlar darhol tabriklashga tushdi, deya xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
“Munisaning to‘yi bo‘libdi”, — deb o‘ylab, ayrimlar unga baxt tiladi, ba’zi ashaddiy muxlislarning jahli ham chiqdi, deb yozadi nashr. Yana kimdir bu gaplarga ishonmay, “kinoga yoki klipga suratga tushayotgan bo‘lsa kerak”, degan fikrlarni ham bildirdi.
Nashr Munisa Rizayeva bilan bog‘lanib, ana shu mavzuga oydinlik kiritganida, bu faqatgina navbatdagi fotosessiya ekanligi ma’lum bo‘ldi.
“Shadozi” to‘y liboslari saloni tomonidan bildirilgan taklifni qabul qilib, salonning “yuzi”ga aylangan Munisani, endilikda ana shu salonning shahar bo‘ylab joylashtirilgan barcha reklama bannerlarida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi, deya qayd etdi nashr.
Izoh (0)