Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 4 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmatiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in natijasida kuyish tan jarohatini olgan uy egasi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarilib, shifoxonaga yuborilgan.
Shifoxonada tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, fuqaro vafot etgan, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etishlaricha, yong‘in o‘tgan hafta sodir bo‘lgan.
Izoh (0)