Taniqli Consumer Reports jurnali 2014-yilning eng yaxshi smartfonlari haqidagi maqolani chop etdi. Foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, Apple, LG, Motorola, Sony va Samsung kompaniyalarining modellari eng yaxshi apparatlar deb tan olingan.
Consumer Reports jurnali Amerikaning obro‘li mustaqil nashrlaridan bo‘lib, o‘zining xolisona sharhlari va foydalanuvchilarning fikrlari va test natijalariga asoslangan iste’mol mahsulotlarining qiyosiy tahlil va ta'riflari bilan nom chiqargan. Jurnal testdan o‘tadigan namunalarni ishlab chiqaruvchilardan olmaydi, testdan o‘tgan barcha mahsulotlar xodimlar tomonidan chakana do‘konlardan xarid qilingan. Bu esa pora berish, kimningdir tomoniga o‘tish yoki yanglish fikrlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Quyida 2014-yilning eng yaxshi smartfonlari deb tan olingan beshlik taqdim etiladi:
LG G3
LG G3 5,5-dyuymli QHD displeyi bilan ajralib turadi, displeyning yechimi 2560x1440 pikseldan iborat bo‘lib, bir dyuymga 530 dan ortiq piksel to‘g‘ri keladi. Bu ushbu sinfdagi smartfonlar o‘rtasida eng yaxshi ko‘rsatkichlardan. Hamma ham kundalik foydalanishdagi ortiqcha piksellarga e’tibor beravermaydi, ammo biz ko‘rishimiz mumkin bo‘lganlarning eng yaxshilaridan biri bo‘lgan virtual klaviaturaning ustunligini tan olmaslikning iloji yo‘q.
Uning balandligi va joylashishi foydalanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zgartiriladi, siz hattoki qo‘shimcha elementlarga o‘tish uchun uni ikki qismga ajratishingiz ham mumkin. Albatta, siz, shuningdek LG ning ikki oynalik rejimi va ko‘pfunksionallikning boshqa instrumentlariga ham ega bo‘lasizki, natijada asosiy ekranga chiqmasdan turib ham bir nechta ilovalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Apple iPhone 6 Plus
Ko‘pchilik uchun ushbu telefon o‘lchami model ko‘rkamligini biroz yo‘qotgandek tuyuldi, ammo bu arzimas kamchilik yuqori aniqlikdagi 5,5-dyuymli ekranning a’lo sifati bilan yopilib ketadi. Nozik dizayn va iPhone’ning avvalgi modellaridagi kabi silliq, chetlari yumaloq korpusi tufayli uni qo‘lda ushlash juda qulay.
Barcha iPhone’larning eng zaif joyi hisoblangan akkumulyator endi ungacha bo‘lgan modellarga nisbatan so‘zlashish vaqtining ikki baravar ortiqligini ta’minlaydi. Barmoq izlarini skanerlash haqida ham shunday so‘zlarni aytishimiz mumkin. Endi skaner yana ham kuchli bo‘lib, shunchaki yengil barmoq bosish orqali telefon ekranini tez va xavfsiz blokirovkadan chiqarish yoki iTunes xaridiga ijozat berish imkonini beradi. iPhone 6 va 6 Plus’da bu tizim, shuningdek Apple orqali saqlash registrlaridagi xaridlarni amalga oshirishga ruxsat berishi ham mumkin.
Motorola Droid Turbo
Motorola Droid Turbo eng yaxshi akkumulyatorlardan biriga ega, u bir quvvat olishda so‘zlashish rejimining 24 soatdan ortiq bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, deyarli o‘chgan akkumulyator o‘z quvvatlanish qurilmasi va kabeli bilan 30 daqiqa davomida deyarli 30% ga tiklanishi mumkin.
Sozlash tizimi Droid Turbo’ni shunday dasturlash imkonini beradiki, bunda xabarlar va boshqa eelementlar kunning vaqtiga va qaysi manzilda ekanligiga asoslanadi. Masalan, tun yarmidan so‘ng bo‘lgan muhim qo‘ng‘iroqlarni aks ettirish yoki siz majlisda bo‘lsangiz, telefonni avtomatik ravishda tovushsiz rejimga o‘tkazish va h-zo.
Sony Xperia Z3
5,2-dyuymli ekranning bebaho sifati hattoki o‘ta yorug‘likda ham tiniq ko‘rsatishi bilan tasdig‘ini topadi. Ammo uning eng zo‘r haqiqiy sifatlari – kameraning suvga chidamliligi va sermahsulligidir. O‘tkazilgan testlar Xperia Z3 suv ostida 5 metrgacha chuqurlikda 30 daqiqagacha chidab berishini va ayni paytda, kamera yorug‘lik eng kam sharoitda ham ajoyib fotosuratlar olishini isbotladi.
Ushbu telefon mustaqil ravishda ilova yoki boshqa funksiyalarni ishga tushirishi yoki o‘chirishi mumkin. Masalan, siz quloqchinlarni ulasangiz, musiqiy ilovalarni ishga tushiradi yoki kechki 10 dan so‘ng Bluetooth ni va telefon chaqiruv signalini o‘chirib qo‘yadi.
Samsung Galaxy S5
Galaxy S5 bir talay funksiyalarga ega. Masalan, telefonni blokirovkadan chiqarish uchun barmoq izlarini skanerlash yoki asosiy kameradagi svetodiodli yoritgich yoniga qurilgan yurak urishi ritmini aniqlaydigan monitor. Ikkilangan ekran rejimiga ega.
Imo-ishoralar bilan boshqarish funksiyasi, va hattoki, agar siz biror halokatga yo‘liqadigan bo‘lsangiz, avtomatik tarzda yordamga chaqiradigan “trevoga tugmachasi” ham mavjud.
Mashhur brendlarning deyarli barcha zamonaviy smartfonlari foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi. Foydalanishdagi qulaylik, xabarlarni terishdagi va veb-saytlarni ko‘rishdagi qulaylik, displey sifati – bu kriteriylar foydalanuvchilar uchun asosiylari edi.
Izoh (0)