Ostona Xalqaro aeroportida “Sheremetyevo—Ostona” yo‘nalishidagi samolyot ekipaji 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosini salonda chekkani uchun samolyotdan tushirib yubordi, deya xabar bermoqda “Vechernyaya Astana” gazetasi.
Voqea mahalliy vaqt bilan 2-yanvar kuni ertalab 6 da sodir bo‘lgan. Qozog‘iston Transportdagi ichki ishlar departamentiga qonunbuzar to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Tekshirish chog‘ida qonunbuzarning O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlangan, u havo kemasi hojatxonasida sigareta chekkan. Bort kuzatuvchisi akti bo‘yicha u reysdan chetlashtirildi.
Qonunbuzar 3 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichlari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Izoh (0)