O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi videodarslar to‘plamini tuzish loyihasini boshladi, deya xabar bermoqda “Pravda Vostoka”.
“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari loyiha ishtirokchilari qatoriga kirdi. Uning doirasida darslar kameraga olinadi va ularning eng yaxshi olib borilganlari butun mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilar orasida tarqatiladi.
Ushbu loyihani amalga oshirishda ko‘maklashish uchun Respublika ta’lim markazi maktab dasturiga tegishli 60 ta murakkab mavzularni ajratdi, Multimediali umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi esa texnik yordam taqdim etmoqda.
Darslar bilan vazirlikning eduportal.uz portalida tanishish mumkin.
Izoh (0)