O‘zbekistonda so‘nggi besh-olti yil ichida olib borilgan ishlar natijasida tomchilab sug‘orish tizimi o‘n ming gektardan ortiq maydonga joriy etildi, deb yozadi 12news.uz.
O‘tgan yilning o‘zida tomchilab sug‘orish usuli 3,5 ming gektar hududda qo‘llanila boshladi, yana 1,5 ming gektar yerda qurilish-montaj ishlari o‘tkazilmoqda.
2018-yilga kelib, imtiyozli davlat kreditlaridan foydalanish hisobiga respublikada tomchilab sug‘orish tarmog‘ini 25 ming gektargacha kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)