AQShning yirik nashrlari Parijdagi tahririyatiga terakt uyushtirilgan Charlie Hebdo satira gazetasining Islom to‘g‘risidagi karikaturalarini qayta chop etmadi, deb xabar bermoqda Le Figaro gazetasi.
Ko‘plab saytlar, jumladan The Daily Beast bunday karikaturalarni chop etib, qurbonlarni “qo‘llab-quvvatlashini” e’lon qilgan bo‘lsa, New York Times gazetasi, Reuters, Associated Press agentliklari karikaturalarni chiqarmagan. Wall Street Journal esa cheklangan miqdorda chop etgan.
Yirik nashrlar bu holatni diniy qarashlarni haqorat qilmaslik etikasi bilan bog‘lagan. Philadelphia Inquirer gazetasi bosh muharriri Bill Marmirov Reuters’ga bergan intervyusida nashr hech qachon bunday karikaturalarni chop etib musulmonlarni haqoratlamasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)