Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi Abdulla Ortiqov nomli fuqarolar yig‘inida yashovchi 70 yoshli Normurod Xudayberdiyev hozirgacha futbol o‘ynashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Butun umrim davomida futbolga qiziqib kelaman. Viloyat birinchiliklarida o‘ynaganman. Darvoza o‘rniga ikkita g‘isht qo‘yib o‘ynardik. Hozirda bizning tumanimizning o‘zida 18 ta sun’iy qoplamali maydonlar mavjud. Kiyim almashtirish, yuvinish xonalari, barcha kerakli jihozlar muhayyo.
Faqat kelib shug‘ullanish kerak. O‘zimning 35 nafar nevara va evaralarimni ham sportga o‘rgatyapman. Ular bilan to‘p o‘ynashda davom etyapman. Bunday jamoa bilan yoshingni ham unutasan”, − dedi 70 yoshli otaxon.
Izoh (0)