2015-yil 1-yanvardan boshlab, davlatlararo yo‘nalishlarda yo‘lkira narxlari qariyb 10 foizga arzonlashdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasiga asoslanib “Uz24.uz” xabar berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda keyingi yillarda 1 ming 100 kilometrdan ziyod yangi temir yo‘l tarmoqlari barpo etildi, 3 ming 800 kilometrlik yo‘l modernizatsiya qilinib, qaytadan ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston bo‘yicha yuklarning 60 foizdan ziyodi, yo‘lovchilarning 75 foizdan ortig‘i temir yo‘l transporti orqali tashiladi.
Izoh (0)