Andijondan bo‘lgan fuqaroning tuman IIBga murojaat qilishicha, noma’lum kishilar Toshkent shahrining Bektemir tumani hududidan uning Lacetti rusumli avtomashinasiga o‘tirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar bermoqda.
Ular Andijon viloyati Asaka tumanining Qurama mahallasiga kirib kelganida, yo‘lovchilar haydovchiga jabr yetkazib, mashinadan tushirib yuborgan va avtomobilni haydab qochgan.
Ko‘rilgan choralar tufayli Lacetti Farg‘ona viloyati Quva tumanida texnik soz holda topildi. Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan uch nafar shaxs ichki ishlar bo‘limiga keltirildi.
Izoh (0)