Rossiyada Daewoo brendi ostida sotiladigan GM Uzbekistan avtomobillarining, shuningdek Xitoyning Great Wall avtomobillarining narxlari arzonlashdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
O‘zbek avtomobillari rusumiga qarab 40 – 70 ming rubl (taxminan 600 – 1000 dollar)ga arzonlashgan. Qayd etilishicha, dekabr oyi o‘rtalarida Daewoo avtomobillari 30 foizga qimmatlashgan bo‘lib, narxlarning arzonlashtirilishi marketing yurishi sifatida baholanmoqda.
En arzon avtomobil rusumi – Matiz narxi 290 ming rubl (taxminan 4500 dollar) bo‘lsa, Nexia 325 ming rubl (5000 dollar), Gentra esa 448 ming rubl (taxminan 7500 dollar) qilib belgilangan.
Izoh (0)