2015-yil 1-yanvardan Rossiya bozoriga yetkazib beriladigan va birlamchi sertifikatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan barcha import avtomobillar “ERA-GLONASS” tizimi navigatsiya chipi bilan jihozlanishi kerak, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Nashrning “O‘zavtosanoat” AKdagi manbasiga tayanib yozishicha, GM Uzbekistan yaqin 3 yil ichida 53,2 mingdan ortiq avtomobilini “ERA-GLONASS” tizimi bilan jihozlamoqchi. Bu maqsadga kompaniya 620 ming dollar yo‘naltiradi.
Izoh (0)