Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

General Motors konserni ijtimoiy tarmoqlar va avtomobil forumlarida o‘z mijozlari xabarlarini kuzata boshladi, deya xabar bermoqda Bloomberg. Shu yo‘l bilan avtomobil ishlab chiqaruvchi o‘z markalariga tegishli mashinalardagi nuqsonlarni aniqlashga harakat qilmoqda.

Foto: thehoopsnews.com

Foto: thehoopsnews.com

GM prezidenti Den Ammen so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar sutkada 24 soat ijtimoiy tarmoqlarni, jumladan Twitter’ni kuzatib boradi. Biroq aynan necha kishi bu ish bilan shug‘ullanayotgani ma’lum qilinmadi.

Ammenning qo‘shimcha qilishicha, dilerlar hamda mijozlar bilan ishlash xizmatidan kelib tushayotgan shikoyatlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, General Motors prezidenti shaxsan o‘zi va konsern ijro direktori Meri Barra o‘z avtomobillari haqida fikrlar eshitish uchun mijozlar bilan qo‘ng‘iroqlashganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)