GM Uzbekistan AJ QK 2014-yilning yanvar—noyabr oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.
O‘n bir oy davomida Rossiyaga jami 35,355 mingta mashina sotilgan, biroq aynan qaysi modellar qanday hajmda sotilgani haqida ma’lumot taqdim etilmadi.
Noyabrda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 66,5 foizga kamayib, 1,883 ming donagacha tushib ketdi.
2014-yilning yanvar—noyabrida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,6 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2,2 foizga teng bo‘lgan.
2014-yilning o‘n bir oyi yakunlari bo‘yicha GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 27-o‘rinni egalladi. Korxonaning hech qaysi modeli hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.
Izoh (0)