Joylardagi “Daryo” muxbirlari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar qilishicha, Toshkent shahrida avtomobil harakatini nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatilish ishlari boshlandi. Buning tasdig‘i sifatida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan kamera o‘rnatish jarayoni suratlari keltirilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Toshkentning 160 chorrahasiga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Kameralar yo‘l harakatini nazorat qilishi, qoidabuzarliklarni oldini olishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Shaharda nazorat kameralari o‘rnatilishi boshlanishiga ijtimoiy tarmoqlar a’zolari turli fiklar bildirgan. Ba’zilar kameralar nima uchun kerakligi haqida so‘ragan va ularning foyda keltirishiga shubha bilan qaragan bo‘lsa, boshqalar kameralar avtomobil harakatini tartibga solishiga, ko‘chalarda qoidabuzarliklarni oldini olishi va yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishiga umid qilgan.
Izoh (0)