O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashdi va terma jamoaga Osiyo Kubogi bahslarida omad tiladi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
30-dekabr kuni O‘FF binosida tashkilot prezidenti Mirabror Usmonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabini qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida Mirabror Usmonov milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan terma jamoaning Osiyo Kubogiga tayyorgarligi haqida suhbat qurdi. Bosh murabbiy terma jamoa Osiyo Kubogiga munosib tayyorgarlik ko‘rgani va ushbu musobaqada sovrinli o‘rinlarni egallab, terma jamoa muxlislarini xursand qilishni maqsad qilganini aytib o‘tdi. Qosimov so‘zlariga ko‘ra, milliy terma jamoa mazkur turnirda sovrinli o‘rinlardan birini egallashni maqsad qilgan.
O‘FF Prezidenti Mirabror Usmonov mazkur musobaqa oldidan terma jamoa murabbiylar shtabiga, futbolchilarga omad tiladi va Osiyo Kubogidan katta g‘alaba va yorug‘ yuz bilan qaytib kelishini tiladi.
Osiyo Kubogida ishtirok etadigan 23 nafar futbolchidan iborat tarkib va delegatsiya a’zolari 2-yanvar kuni Avstraliyaning Sidney shahriga uchib ketadi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvida 10-yanvar kuni Sidney shahrida KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)