Argentinada futbol ishqibozlari “Tiro Federal de la Roxa” jamoasi a’zosi Franko Antonio Niyetoni g‘isht zarbi bilan o‘ldirdi. Bu haqda Championat.com xabar berdi.
Voqea 29-noyabr kuni Argentina uchinchi divizioni chempionatida ishtirok etayotgan “Chakarita” va “Tiro Federal de la Roza” klublari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng sodir bo‘ldi. Uchrashuv yakunlanishiga 15 daqiqa qolganida futbolchilar o‘rtasida yuzaga kelgan janjal tufayli hakam o‘yinni to‘xtatdi. Natijada “Tiro Federal de la Roza” o‘yinchisi Niyeto maydondan chetlatildi.
U o‘yindan so‘ng uyiga mashinasida qaytayotgan vaqtida “Chakarita” muxlislari hujumiga uchradi. Ular otgan g‘isht futbolchining boshiga tegdi va Niyego hushini yo‘qotdi. U shifoxonaga yetkazildi, biroq bir necha kundan so‘ng vafot etdi.
Izoh (0)