Malayziya shimoli va sharqida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida 220 mingdan ortiq kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, eng jiddiy vaziyat Kelantan shtatida kuzatilmoqda. Bu yerda so‘nggi bir necha soat davomida evakuatsiya qilinganlar soni 30 mingga oshib, endilikda 151 ming kishini tashkil qilmoqda.
Qo‘shni Paxang shtatida 30 mingdan ortiq kishi o‘z uylarini tark etib, vaqtinchalik lagerlarda joylashgan. Perak va Trenganu shtatlarida ham xavfli vaziyat saqlanib qolmoqda. Ikki haftadan buyon davom etayotgan tabiiy ofatdan jabrlanganlar uchun Malayziya hukumati avvalgi 14 million dollarga qo‘shimcha yana 143 million dollar ajratgan.
Izoh (0)