Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk matbuotini jahondagi eng erkin matbuot deb hisoblaydi. Bu haqda France-Presse axborot agentligiga asoslangan “Gazeta.ru”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Jahonning hech bir yerida matbuot Turkiyadagidek erkin emas. Men buni juda katta ishonch bilan aytyapman”, — dedi Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turk jurnalistlar “hatto demokratik mamlakatlar”da ham ma’qullanmaydigan ko‘plab harakatlarni amalga oshira oladi.
Erdo‘g‘an mamlakatdagi jurnalistlarni ta’qib qilayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Shunga qaramay, 2012 va 2013-yillar yakuniga ko‘ra, Turkiya qamoqda o‘tirgan jurnalistlar soni bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lgan.
Izoh (0)