Pokistonda yaqin bir necha haftada o‘lim jazosiga mahkum etilgan 500 ga yaqin terrorchi qatl etiladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Choudri Nisar Ali Xon ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Ichki ishlar vazirligi ushbu mahkumlar qatl etilishiga sanksiya berdi. Ularni avf etish to‘g‘risidagi so‘rov prezident tomonidan rad etildi”, − dedi vazir.
Shu bilan birga, u terrorchilar tomonidan ushbu holatga javob qaytarlishi mumkinligidan ogohlantirib, hushyorlikni yo‘qotmaslik lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)