2015-yilda O‘zbekistonda raqamli teleko‘rsatuvlar kengatirilishi bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan belgilab qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
2015-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining barcha telekanallari (“O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Sport”, “Madaniyat va Ma‘rifat”, “Dunyo bo‘ylab”, “Navo”, “Mahalla”, “Kinoteatr”, “Oilaviy”, “Diyor”) uchun raqamli formatda uzatiladigan sutkalik efir hajmi 24 soatni tashkil qilishi lozim. Istisno tariqasida “Bolajon” telekanali 15, va MTRKning 12 ta hududiy bo‘linmalari 18 soatdan efirga chiqadi.
“Navo” musiqiy telekanali 2015−2020-yillarda to‘liq o‘zini qoplashga o‘tishi, “Madaniyat va ma’rifat”, “Dunyo bo‘ylab” va “Kinoteatr” kanallari va hududiy teleradiokompaniyalarni moliyalashtirishda esa xuddi shu davrda byudjetdan tashqari daromadlarning hissasini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan
Izoh (0)